Ertaga respublikada navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi ötkaziladi
2026-11-09 19:00:00 / Yangiliklar
Mazkur taşabbus avtotransport vositalaridan havoga çiqadigan zararli taşlamalarni kamaytiriş va bu orqali ekologik barqaror muhitni şakllantiriş, şuningdek, jamoat transporti va ekologik toza transport vositalaridan foydalaniş madaniyatini keng tarğib qilişga xizmat qiladi.
Xususan, “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari doirasida Ekologiya milliy qömitasi hamda hududiy boş boşqarmalar xodimlari xizmat hamda şaxsiy avtomobillaridan voz keçib, jamoat transporti, velosiped kabi vositalardan foydalanişmoqda. Natijada atmosferaga zararli taşlamalar va şahar içidagi tirbandliklar ham kamaymoqda.
Ma'lumot uçun, 22-sentabr kuni Xalqaro avtomobilsiz kun aksiyasi ötkazildi va unda Ekologiya qömitasi xodimlari ham faol iştirok etib, "yaşil" texnika vositalari va jamoat transportidan foydalanişdi.
Unutmang! “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari doirasida davlat fuqarolik xizmatçilari tomonidan avtotransport vositalaridan foydalaniş javobgarlikka sabab böladi.
Ekologiya qömitasi barça davlat va nodavlat taşkilotlar hamda yurtdoşlarimizni aksiyalarda faol qatnaşişga, atmosferaga zararli taşlamalar çiqarmaydigan "yaşil" transport vositalari, elektromobillar va jamoat transportidan köproq foydalanişga çaqiradi!
