Farğonada quriliş çiqindilari belgilanmagan joyga taşlanayotganligi aniqlandi
2026-11-09 18:20:00 / Yangiliklar

Reyd davomida Farğona şahrida 5 nafar huquqbuzar tomonidan quriliş çiqindilari öz boşqaruvida bölgan yuk taşiş transport vositasida belgilanmagan joyga taşlanayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan Ma'muriy Javobgarlik töğrisidagi Kodeksning tegişli moddasi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, har bir huquqbuzarga nisbatan bazaviy hisoblaş miqdorining 50 barobari, ya'ni 22 mln söm miqdorida jarima belgilandi.
Ma'lumot uçun, ayni damda Ekologiya qömitasi, hududiy boş boşqarmalar Ekopolitsiya xodimlari tomonidan tizim taşkilotlari bilan hamkorlikda doimiy reyd tadbirlari 24/7 rejimda davom ettirilmoqda. Reyd davomida havoga zararli taşlamalar çiqaradigan manbalar aniqlanib, tegişli çoralar körilmoqda.
Qolaversa, doimiy monitoring tadbirlari olib borilib, jamoatçilikka havo sifati holati haqida doimiy ma'lumot berib borilmoqda.
