"Green University"da akademik Vladimir Kvint kafedrasi oçildi
2026-11-04 17:05:00 / Yangiliklar

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi tasarrufidagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universitetida (Green University) iqtisodiyot fanlari doktori, akademik, Rossiya Fanlar akademiyasi a’zosi Vladimir Kvint kafedrasining oçilişi hamda suv resurslaridan oqilona foydalaniş va atrof-muhitni muhofaza qilişga doir 2027–2050-yillarga möljallangan milliy strategiya loyihasi muhokamasiga bağişlangan tadbir ötkazildi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari böyiça maslahatçisi — Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi Aziz Abduhakimov, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik, Rossiya Fanlar akademiyasi a’zosi Vladimir Kvint, mahalliy va xorijlik mutaxassislar iştirok etdi.
Ma’lumot uçun, Vladimir Kvint ilmiy işlari uçun MDUning eng oliy mukofoti — M. V. Lomonosov nomidagi I darajali mukofot laureati, Özbekiston Respublikasi fan va texnika sohasidagi Davlat mukofoti laureati hisoblanadi. U, şuningdek, Özbekiston Respublikasining "Döstlik" ordeni, "Oliy ta’lim a’loçisi", "Suv xöjaligi a’loçisi" va "Tabiat himoyaçisi" kökrak nişonlari bilan taqdirlangan.
Dastlab "Green University"da Vladimir Kvint kafedrasi rasman oçildi. Aziz Abduhakimov Vladimir Kvint kafedrasining aynan "Green University"da oçilişi bejizga emasligini, kafedra faoliyatida ekologik xavfsizlik, inson salohiyati, barqaror rivojlaniş hamda mintaqaviy va global jarayonlarni strategik tahlil qiliş masalalariga alohida e’tibor qaratilişini, bu esa strategik fikrlaş, ilmiy tadqiqotlar va uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalarini işlab çiqiş borasidagi ilmiy salohiyatni mustahkamlaşga xizmat qilişini ta’kidladi.
Şuningdek, tadbir davomida suv resurslaridan oqilona foydalaniş va atrof-muhitni muhofaza qilişga doir 2027–2050-yillarga möljallangan Milliy ekologik strategiya loyihasi muhokama qilindi.
"Bugungi kunda Özbekistonning ekologik rivojlanişi böyiça uzoq muddatli strategik yondaşuvni şakllantiriş muhim ahamiyatga ega. Bunda suv resurslaridan oqilona foydalaniş, sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş va ekologik innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş ustuvor vazifalar hisoblanadi. Bu yönalişlar 2027–2050-yillarga möljallangan Milliy ekologik strategiya loyihasida öz aksini topgan", — dedi Aziz Abduhakimov.
Muhokama davomida suvdan oqilona foydalaniş uçun milliy kimyoviy-texnologik suverenitetni şakllantiriş, suvni qayta işlaşda resurs va energiya tejamkor yeçimlarni joriy etiş, qişloq xöjaligida gidroponika va "yaşil kimyo" yondaşuvlarini rivojlantiriş, kimyoviy-biologik xavfsizlikni ta’minlaş kabi ustuvor yönalişlar körib çiqildi.
"Biz bir yildan ortiq vaqt davomida Özbekistonning suv resurslarini boşqariş va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohalariga oid Milliy ekologik strategiyasini işlab çiqiş ustida iş olib bordik. Bu 2050-yilgaça bölgan davrni qamrab oluvçi uzoq muddatli strategiyadir, — deydi Kvint. — Işonçim komilki, uşbu strategiya aholi turmuş sifatini sezilarli darajada yaxşilaş, içimlik suvi sifatini oşiriş, atrof-muhit muhofazasini kuçaytiriş, Özbekistondagi örmonzorlar maydonini kengaytiriş hamda çöllaniş jarayonlarini qisqartiriş imkonini beradi".
Mazkur strategik hujjat mamlakatning uzoq muddatli ekologik barqarorligini ta’minlaş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, ekologik xavfsizlikni mustahkamlaş hamda atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi ustuvor vazifalarni belgilaşga qaratilgan. Milliy strategiya loyihasi Vladimir Kvint boşçiligidagi professor-öqituvçilar, olimlar va xalqaro ekspertlardan iborat ilmiy guruh tomonidan işlab çiqilgan. Uni tayyorlaş jarayonida strategik rejalaştiriş va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasidagi mutaxassislarning bilim va tajribasidan foydalanilgan.
Loyiha doirasida ekologik barqarorlikning muhim yönalişlaridan biri sifatida "Inson ekologiyasi" strategik konturiga alohida e’tibor qaratildi. Uşbu yönalişda iqlim özgarişi şaroitida aholi salomatligi va mehnat xavfsizligiga ta’sir etuvçi ekologik omillar, jumladan, ekstremal issiq harorat bilan boğliq xavflar hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari tahlil qilindi.
Strategiyani işlab çiqiş metodologiyasi doirasida global, mintaqaviy, milliy va tarmoq miqyosidagi tendensiyalar örganilib, uzoq muddatli rivojlaniş ustuvorliklari, strategik maqsadlar, vazifalar va ularni amalga oşiriş mexanizmlari belgilandi.
Mazkur jarayonlar "Green University"da strategik rejalaştiriş, ekologik barqarorlik va atrof-muhitni muhofaza qiliş yönalişlarida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş, xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikni kengaytiriş hamda ilmiy işlanmalarni amaliyotga tatbiq etişga qaratilgan izçil faoliyatning muhim qismi hisoblanadi.









