Raddiya
2026-10-29 18:10:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda “Pastdarğom tumani “Nayman” MFY Iftixor köçasida yaşovçi fuqaro Jöraqulov Umidning çiqindilarni öz vaqtida olib ketmayotganligi töğrisida” bergan xabari mutlaqo asossiz ekanligini bildiramiz.

Holat yuzasidan Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Samarqand viloyati Çiqindilarni boşqariş boşqarmasi va hududga mas’ul sanitar korxona mutasaddilari, mahalla vakillari iştirokida örganiş işlari olib borildi. Jarayonda aslida mazkur mahalladan belgilangan grafik asosida doimiy tarzda çiqindilar öz vaqtida olib ketilayotganligi va mahalla fuqarolarining biror marta e’tirozi bölmaganligi aniqlandi.
Murojaatçi fuqaro oilasi bilan mazkur hududda emas, aslida Samarqand şahar (Super qörğonidagi) köp qavatli uylardan biriga yaşayotganligi ma’lum böldi.





