Respublika böylab 100 nafar tozalik posboniga velosipedlar topşirildi
2026-10-29 11:50:00 / Yangiliklar

Mazkur Farmonga muvofiq, har yili dekabr oyida “Ekologiya jamğarmasi” mablağlari hisobidan 100 nafar sanitar tozalaş va obodonlaştiriş sohasi xodimini velosipedlar bilan rağbatlantiriş belgilangan.
Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi tomonidan uşbu vazifa ijrosini ta’minlaş maqsadida respublikaning barça hududlarida xodimlarga velosipedlar topşirildi.
Xususan, qolgan 7 ta hududda ham velosipedlarni topşiriş tadbirlari yakunlandi. Jumladan:
- Xorazm viloyati — 5 nafar;
- Toşkent viloyati — 8 nafar;
- Sirdaryo viloyati — 4 nafar;
- Jizzax viloyati — 5 nafar;
- Qaşqadaryo viloyati — 9 nafar;
- Surxondaryo viloyati — 8 nafar;
- Toşkent şahri — 10 nafar xodim velosipedlar bilan rağbatlantirildi.
Şu tariqa, respublikaning barça 14 ta hududida jami 100 nafar tozalik posboniga velosipedlar topşirildi.









