Sifatsiz sanitar xizmat uçun mas'ul operatorlarga çora köriladimi?
2026-10-28 20:50:00 / Yangiliklar

Aholiga sifatli xizmat körsatiş, hududlarda sanitar holatni yaxşilaş hamda çiqindilarni öz vaqtida olib çiqişni ta’minlaş maqsadida sanitariya-tozalaş korxonalari faoliyati muntazam örganib boriladi.
Örganişlar davomida xizmat sifati talab darajasida bölmagan korxonalar faoliyati baholanib, ular qizil, sariq va yaşil toifalarga ajratiladi. Aniqlangan kamçiliklar yuzasidan amaldagi qonunçilikda belgilangan çoralar, jumladan, moliyaviy jarimalar qöllaniladi.
Şuningdek, jiddiy kamçiliklarga yöl qöygan korxonalar bilan tuzilgan bitimlarni bekor qiliş böyiça qonunçilikda belgilangan tartibda işlar olib boriladi. Xizmat sifati va faoliyat samaradorligini ta’minlaş yuzasidan mas’ul rahbarlarga nisbatan lavozimidan ozod etişgaça bölgan çoralar ham köriladi.


