"Musuravozlar"ning hududga kirişini kim nazorat qiladi?
2026-10-28 17:25:00 / Yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarorlariga muvofiq, sanitar tozalaş korxonalari tomonidan şahar hududlari va köp qavatli turar joy binolari yaqinida joylaşgan maxsus çiqindi töplaş şoxobçalaridan (MSP) çiqindilar har kuni, mahallalardagi yakka tartibdagi turar joylardan esa signal usulida kamida uç kunda bir marotaba olib çiqib ketilişi belgilangan.
Hozirgi kunda sanitar tozalaş korxonalari tasarrufida 4 500 ta maxsus avtotransport vositasi mavjud bölib, ularning 93 foizi GPS-treker qurilmalari bilan jihozlangan. Bu esa maxsus texnikalarning harakatlaniş yönalişlari, xizmat körsatiş hududlariga kirib-çiqişi hamda belgilangan jadvallarga rioya etilişini real vaqt rejimida nazorat qiliş imkonini bermoqda.
Xususan, maxsus avtotransport vositalarining harakati onlayn kuzatib borilmoqda. Mazkur platforma yordamida har bir texnikaning joylaşuvi, harakatlaniş yönalişi, xizmat körsatiş hududiga kirgan vaqti hamda uşbu hududda bölgan davomiyligini aniqlaş imkoniyati mavjud.
Bundan taşqari, “Toza makon” yagona billing tizimi orqali sanitar tozalaş korxonalari tomonidan aholiga körsatilayotgan xizmatlar yuzasidan ma’lumotlarni monitoring qiliş, tegişli hisob-kitoblarni yuritiş hamda maxsus texnikalarning harakatlanişi böyiça ma’lumotlarni tahlil qiliş imkoniyatlari yaratilgan.
Şuningdek, aholiga körsatilayotgan sanitar tozalaş xizmatlarining sifati yuzasidan kelib tuşayotgan har bir murojaat belgilangan tartibda örganib borilmoqda.
Xususan, muayyan hududda çiqindilar öz vaqtida olib çiqib ketilmaganligi yoki xizmat umuman körsatilmaganligi yuzasidan murojaat kelib tuşgan taqdirda, uşbu hududga mas’ul sanitar tozalaş korxonasining faoliyati böyiça tegişli örganiş işlari taşkil etiladi.
Örganiş jarayonida GPS-monitoring ma’lumotlari asosida maxsus avtotransport vositasining murojaatda körsatilgan hududga haqiqatda kirgan yoki kirmaganligi, belgilangan jadvalga muvofiq harakatlanganligi, xizmat körsatiş vaqti hamda hududda qança vaqt bölganligi batafsil tahlil qilinadi.
Natijada xizmat körsatişda kamçiliklar, belgilangan jadvaldan çetga çiqiş yoki xizmat umuman körsatilmagan holatlar aniqlansa, mazkur holatlar zudlik bilan nazoratga olinadi va tegişli tartibda dalolatnoma rasmiylaştiriladi.
Rasmiylaştirilgan dalolatnoma hamda tasdiqlangan ma’lumotlar asosida xizmat körsatilmagan davrlar uçun aholiga hisoblangan tölovlar qayta hisob-kitob qilinadi va ortiqça tölangan mablağlar qaytariladi.


