Maişiy çiqindilarni olib çiqib ketiş sohasida raqamlaştiriş qay ahvolda?
2026-10-28 16:00:00 / Yangiliklar

Şuningdek, aholiga qöşimça qulaylik yaratiş maqsadida “Toza makon” mobil ilovasi işlab çiqilgan. Mobil ilova orqali fuqarolar özlarining çiqindi xizmatlari böyiça hisob-kitoblari va mavjud qarzdorligini körişi, tölovlar holatini monitoring qilişi hamda şaxsiy hisobvaraği böyiça ma’lumotlarni nazorat qilib borişi mumkin.
Özbekiston Respublikasining 1044-son Qonuni asosida 2025-yil noyabr oyidan boşlab çiqindi xizmatlari böyiça qarzdorlik mavjud bölgan hollarda elektr energiyasi bilan boğliq çeklov mexanizmini qöllaş amaliyoti joriy etilgan.
Aholi murojaatlarini tezkor qabul qiliş, ularda kötarilgan muammolarni öz vaqtida örganiş va joyida amaliy çoralar köriş maqsadida Agentlikda 24/7 rejimida faoliyat yurituvçi 1205 işonç raqamli Call-markaz taşkil etilgan. Kelib tuşayotgan murojaatlarning e’tiborsiz qolişiga yöl qöymasdan, ularni imkon qadar murojaat kelib tuşgan kunning özida hal etiş böyiça tezkor çoralar körib borilmoqda.
Bundan taşqari, çiqindilarni boşqariş sohasini kompleks raqamlaştiriş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, sanitar tozalaş xizmatini körsatuvçi maxsus avtotransport vositalarining tasdiqlangan harakat jadvali asosida hududlarga öz vaqtida çiqişini va xizmat körsatişini real vaqt rejimida monitoring qiliş tizimi yaratilmoqda.
Mazkur tizim doirasida aholiga öz hududiga xizmat körsatuvçi sanitar tozalaş korxonasi va maxsus texnikalarning harakatini mobil ilova orqali onlayn kuzatiş, çiqindi taşuvçi transport vositasi qaçon va qaysi vaqtda kelişi haqida ma’lumot oliş imkoniyatini yaratiş rejalaştirilgan. Bu, öz navbatida, xizmat körsatiş jarayonining şaffofligini oşiriş va aholi tomonidan xizmat sifatini bevosita nazorat qiliş imkonini beradi.
Ma'lumot uçun, Vazirlar Mahkamasining 95-son qarori asosida sanitar tozalaş xizmatlari amalda körsatilmagan davrlar uçun tölovlarni qayta hisob-kitob qiliş tartibi belgilangan. Ya’ni, tegişli hududda çiqindilarni olib çiqib ketiş xizmati belgilangan tartibda körsatilmagan hollarda, fuqarolarga uşbu davr uçun hisoblangan tölovlar qayta hisob-kitob qilib beriladi.
Bundan taşqari, “Toza makon” yagona billing axborot tizimida çiqindi taşuvçi texnikalar harakatini yanada aniq nazorat qiliş tizimi takomillaştirilmoqda. Endilikda xizmat körsatiş faqat geozonalar böyiça emas, balki aholi yaşaş manzillari va çiqindi yiğiş şoxobçalari kesimida taşkil etiladi. Bunda aholi “Toza makon” mobil ilovasi va Telegram-bot orqali çiqindi taşuvçi texnikaning kelişini real vaqt rejimida kuzatişi, texnika yaqinlaşganda esa bildirişnoma olişi mumkin böladi. Tizim orqali sanitar tozalaş korxonalari faoliyatini baholaş va xizmat sifatini doimiy monitoring qiliş imkoniyati yaratiladi.



