Ekologik tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan tashabbus
2026-10-16 11:20:00 / Yangiliklar

Tadbir doirasida o‘quvchilarga chiqindilarni to‘g‘ri saralash, ularni qayta ishlashga yo‘naltirish, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlashning ahamiyati, shuningdek, tabiatga tashlangan turli turdagi chiqindilarning atrof-muhitga salbiy ta’siri va ularning parchalanishi uchun qancha vaqt talab etilishi haqida nazariy hamda amaliy ma’lumotlar berildi.
Seminar davomida o‘quvchilarning ekologik bilimlarini mustahkamlash maqsadida intellektual o‘yinlar va savol-javoblar tashkil etildi. Faollik ko‘rsatib, yuqori natija qayd etgan o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbirning amaliy qismida chiqindilar shunchaki tashlab yuboriladigan material emas, balki qayta ishlash orqali yangi mahsulot yaratish mumkin bo‘lgan ikkilamchi resurs ekani o‘quvchilarga amaliy tarzda namoyish etildi. Xususan, plastik idish qopqoqlaridan yangi mahsulot tayyorlash jarayoni joyida ko‘rsatilib, qayta ishlash natijasida tayyorlangan breloklar o‘quvchilarga esdalik sifatida taqdim etildi.








