Xorazm: zamonaviy chiqindi tashuvchi texnikalar foydalanishga topshirildi
2026-10-14 17:45:00 / Yangiliklar

Xususan, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan lizing shartlari asosida 9 ta chiqindi tashish maxsus texnikasi, shuningdek, viloyat budjeti mablag‘lari hisobidan 8 ta ixcham va harakatlanishga qulay elektr motoroller ajratildi.
Yangi chiqindi tashish texnikalarining 7 m³ sig‘imga ega bo‘lib, Bog‘ot, Hazorasp, Tuproqqal’a va Urganch tumanlarida xizmat ko‘rsatishga yo‘naltiriladi. Elektr motorollerlar esa Urganch shahri va Urganch tumanida sanitar tozalash ishlarini amalga oshirish uchun foydalanishga topshirildi.
Maxsus texnikalarni topshirish marosimida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi, viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi hamda ekologiya boshqarmasi mas’ullari ishtirok etdi.
Mazkur texnikalar chiqindilarni yig‘ish va tashish jarayonlarini samarali tashkil etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, shuningdek, “Tozalik va ozodalik” ikki oyligi doirasida hududlarda olib borilayotgan tozalash va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirishga xizmat qiladi.






