Respublikada 100 nafar tozalik posboni velosiped bilan rag‘batlantirildi
2026-10-12 14:50:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi 5-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Farmonga ko‘ra, har yili dekabr oyida “Ekologiya jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 100 nafar sanitar tozalash korxonalarida chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish, saralash hamda hududlarni obodonlashtirishda faoliyat yuritayotgan xodimlarni rag‘batlantirish, xususan, ularga velosipedlar topshirish belgilangan.
Farmon ijrosi doirasida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan 100 dona velosipedlar barcha hududlarga tarqatildi.
Jumladan, quyidagi hududlarda sanitar tozalash va obodonlashtirish tizimida uzoq yillardan beri samarali mehnat qilib, tabiatni asrash, chiqindilarni boshqarish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus ko‘rsatish barobarida o‘z vazifasini sidqidildan bajarib kelayotgan bir guruh tozalik posbonlariga velosipedlar topshirildi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 6 nafar xodim;
Andijon viloyati: 9 nafar xodim;
Buxoro viloyati: 6 nafar xodim;
Navoiy viloyati: 4 nafar xodi;
Samarqand viloyati: 9 nafar xodim;
Farg‘ona viloyati: 9 nafar xodim;
Namangan viloyati: 8 nafar xodim munosib rag‘batlantirildi.
Mazkur tadbir respublika bo'ylab qolgan hududlarda ham rag'batlantirish ishlari amalga oshirilmoqda.








