“Bo‘stonliq tajribasi”: oʻquvchilar ishtirokida ekologik soat tashkil etildi
2026-10-08 19:05:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Chimboyliq” MFY hududidagi 13-sonli umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun eko-soat amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Bo‘stonliq tajribasi” nazorat rejasi doirasida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda Bo‘stonliq tumanidagi ta'lim maskanlarida ekologik soatlar tashkil etish yo'lga qo'yildi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchi yoshlarga quyidagi zarur ekologik tushunchalar berildi:
- chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash va chiqindilar bilan to‘g‘ri muomala qilish;
- chiqindilarni saralash va qayta ishlashning ahamiyati;
- tabiiy va ekologik resurslardan oqilona foydalanish;
- atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish.
Shuningdek, o‘quvchilar chiqindilarni saralash va qayta ishlash jarayonlarida shaxsiy mas’uliyatni his etish, ekologik toza muhitni shakllantirish hamda tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga yo‘naltirildi.
Bu kabi chora-tadbirlar uzviy davom ettiriladi.


