Jizzaxda “Toza shahar” mavzusida seminar o‘tkazildi
2026-10-06 09:45:00 / Yangiliklar

Unda institut talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Seminar davomida toza va yashil shaharlarni barpo etish, chiqindilarni samarali boshqarish, ularni saralash va qayta ishlash, shuningdek, utilizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Mavzular ishtirokchilarga interaktiv usullar orqali tushuntirilib, chiqind ilarni kamaytirish va ularni to‘g‘ri boshqarishning atrof-muhitni muhofaza qilishdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yoshlar va aholining ekologik madaniyatini oshirish, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda ekologik targ‘ibot ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.
Ma’lumot uchun, ushbu o‘quv-seminar darslari respublika bo‘ylab joriy yil oxirigacha davom etadi.



