Rasmiy munosabat
2026-07-30 17:30:00 / Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi maishiy chiqindi poligonida yong‘in sodir bo‘layotgani aks etgan videolar tarqaldi.

Chiqindilarni boshqarish agentligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
Hozirda vaziyat Agentlik hamda uning huzuridagi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi DM mas’ullari tomonidan to‘liq nazoratga olingan va joyida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur chiqindi poligoni asosan jarlik hududida joylashgan bo‘lib, yong‘in chiqindilarning qizishi natijasida jarlikning pastki qismlarida yuzaga kelgan. Maxsus texnikalar yordamida yo‘l ochilib, yong‘inni to‘liq bartaraf etish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Yakuniy natijalar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
O‘z o‘rnida atrof-muhit muhofazasiga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizga minnatdorchilik bildiramiz.
