Rasmiy munosabat
2026-07-14 14:30:00 / Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Pop tumani Iskovut mahallasi hududidagi chiqindi poligonida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida videolar eʼlon qilindi.

Chiqindilarni boshqarish agentligi holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
Hozirda mazkur holat Agentlik hamda uning huzuridagi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi mas’ullari tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Yong‘in jazirama issiq sababli shisha va plastik chiqindilarning tabiiy holda qizib chaqnashi oqibatida tutashdan sodir bo‘lgan va hozirda to‘liq bartaraf etilgan.
Yakuniy natijalar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
O’z o’rnida atrof-muhit muhofazasiga befarq bo’lmagan yurtdoshlarimizga minnatdorchiligimizni bildiramiz.
