Navbatdagi “Toza shahar” o‘quv seminari Namanganda bo‘lib o‘tdi
2026-09-29 17:20:00 / Yangiliklar

Mazkur bir kunlik ekologik darslar Namangan pedagogika instituti, Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti hamda Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Namangan filialida o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida Namangan viloyati Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i A. Mamadaliyev so‘zga chiqib, ishtirokchilarga toza va yashil shaharlarni barpo etish, chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish, saralash, qayta ishlash hamda utilizatsiya qilish masalalari haqida ma’lumot berdi.
Mavzular interaktiv usullar orqali tushuntirilib, ishtirokchilar bilan chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash, atrof-muhitni asrash hamda shaharlar tozaligini ta’minlash bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, aholi va yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.



