Buxoroda “Toza shahar” o‘quv-seminari o‘tkazildi
2026-09-25 10:55:00 / Yangiliklar

Ana shunday tadbirlardan biri Agentlikning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasida ham tashkil etildi.
Unda chiqindilarni to‘g‘ri saralash va qayta ishlash, “Zero Waste” — nol chiqindi tamoyillari hamda sirkulyar iqtisodiyot haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Ishtirokchilarga chiqindilar hajmini kamaytirish, ekologik madaniyatni oshirish va atrof-muhitni asrash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir so‘ngida ochiq muloqot o‘tkazilib, seminar qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.
Mazkur loyiha aholining ekologik madaniyatini oshirish, chiqindilarni to‘g‘ri saralash va qayta ishlashni keng targ‘ib qilish, shuningdek, hududlarda chiqindilarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.




