Yangiyo‘lda sanitar tozalash xizmat infratuzilmasi yaxshilanmoqda
2026-09-25 10:05:00 / Yangiliklar

Shundan 5 tasi to‘liq elektr quvvatida harakatlanuvchi, 4 tasi esa dizel yonilg‘isida ishlaydigan chiqindi tashuvchi maxsus avtomobillardan iborat. Barcha texnikalarning chiqindi tashish sig‘imi 12 kub metrni tashkil etadi.
Mazkur zamonaviy maxsus texnikalar Yangiyo‘l tumanidagi qariyb 60 ming nafar aholiga chiqindilarni o‘z vaqtida va sifatli olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatini yanada kengaytiradi.
Ayniqsa, elektr quvvatida harakatlanuvchi 5 ta maxsus avtomobil ekologik jihatdan muhim afzalliklarga ega. Ular:
• to‘liq elektr quvvatida harakatlanadi;
• shovqin darajasining pastligi bilan ajralib turadi;
• atmosferaga chiqariladigan zararli tashlamalarni kamaytirishga xizmat qiladi;
• yoqilg‘i sarfini qisqartiradi;
• chiqindilarni tashish jarayonida ekologik yuklamani kamaytirishga yordam beradi.
Jarayonda mazkur texnikalar hududiy Chiqindilarni boshqarish boshqarmasi rahbari hamda tuman hokimi, Toshkent viloyati “Toza hudud” DM vakillari ishtirokida soha mas’ullariga tantanali topshirildi.
Yangi texnikalarning xizmatga jalb etilishi tumanda chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish, hududlarda tozalikni ta’minlash va aholiga ko‘rsatilayotgan sanitar xizmat sifatini oshirishi bilan ahamiyatlidir.
Ekologik toza va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa chiqindilarni boshqarish sohasida sirkulyar iqtisodiyot tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.









