“World cleanup day”: ommaviy plogging eko-aksiyasida faol qatnashing
2026-09-14 17:55:00 / E'lon va tenderlar

Aksiya “World cleanup day-2026” (“Butunjahon tozalik kuni”) munosabati bilan jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari, davlat idoralari va xususiy tadbirkorlik subyektlarini atrof-muhitni chiqindilardan tozalash maqsadida birlashtirishga qaratilgan.
Barchangizni ushbu eko-aksiyada faol ishtirok etishga chaqiramiz! Safimizga qo‘shiling, aksiyada faol ishtirok eting va atrof-muhitni toza saqlashga o‘z hissangizni qo‘shing.
Ekoaksiya respublikamiz bo‘ylab hududlarning quyidagi manzillarida o‘tkaziladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi - Nukus shahri, Doʻstlik kanali boʻyi “Xalqlar doʻstligi” MFY;
2. Andijon viloyati - Andijon tumani, Bobur shahri, Yangi Andijon massivi;
3. Buxoro viloyati - Buxoro viloyati, Somoniylar bogʻi “Havzi Nav” MFY;
4. Jizzax viloyati - Sharof Rashidov tumani, "Gʻozgʻontepa" MFYdagi M-39 avtomagistral yoʻlining Jizzax-Dashtobod yoʻnalishining boshlanishi;
5. Qashqadaryo viloyati - Koʻk dala tumani, Qoʻngʻirot togʻ massivi;
6. Navoiy viloyati - Navoiy shahar, Alisher Navoiy istirohat bogʻi “Humo” MFY;
7. Namangan viloyati - Namangan shahar, Z.Bobur nomli madaniyat va istirohat bogʻi;
8. Samarqand viloyati - Samarqand shahar, Toshkent koʻchasi, “Afrosiyob” MFY;
9. Sirdaryo viloyati – Guliston shahar, “Bo‘ston” MFY;
10. Surxondaryo viloyati - Termiz shahar, “Amu -sohil”oromgohi, “Guliston” MFY;
11. Toshkent viloyati - Bo'stonliq tumani, "Chimgan" MFY;
12. Toshkent shahar - Yakkasaroy tumani, “Yunus Rajabiy” MFY Sharshara koʻchasi;
13. Fargʻona viloyati - Fargʻona shahar, Sakkokiy koʻchasi 3 uy “YANGIARIQ” MFY;
14. Xorazm viloyati - Urganch shahri, Pahlavon Mahmud koʻchasi “Navbahor” MFY.
