Tadbirkorlar diqqatiga: 77 ta chiqindi poligonida saralash xizmati bo‘yicha tanlov e’lon qilindi
2026-09-10 17:55:00 / E'lon va tenderlar

Chiqindilarni boshqarish agentligi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi tomonidan chiqindilarni saralash xizmatini tashkil etish uchun 77 ta qattiq maishiy chiqindi poligoni davlat xaridlarining elektron platformasiga tanlov joylashtirilganini ma'lum qiladi.
Hududlar kesimida lotlar quyidagicha taqsimlangan:
Buxoro viloyati – 8 ta;
Jizzax viloyati – 11 ta;
Qashqadaryo viloyati – 4 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2 ta;
Navoiy viloyati – 7 ta;
Namangan viloyati – 6 ta;
Samarqand viloyati – 2 ta;
Surxondaryo viloyati – 6 ta;
Sirdaryo viloyati – 2 ta;
Farg‘ona viloyati – 6 ta;
Xorazm viloyati – 9 ta;
Andijon viloyati – 8 ta;
Toshkent viloyati – 6 ta.
Mazkur tanlovlar orqali chiqindilarni saralash xizmatini yo‘lga qo‘yish, ikkilamchi xomashyodan samarali foydalanish va qayta ishlashga yo‘naltiriladigan chiqindilar hajmini oshirish ko‘zda tutilgan.
Ma'lumot uchun: Davlatimiz rahbarining 2024-yil 4-yanvardagi 5-son hamda 2025-yil 24-martdagi 56-son farmonlarida chiqindilarni saralash va qayta ishlash jarayonlariga xorijiy hamda mahalliy investorlarni jalb etish, shuningdek, chiqindilarni saralash faoliyatini amalga oshiruvchi investorlarni belgilangan tartibda tanlab olish vazifalari belgilangan.
Unga muvofiq agentlik huzuridagi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi davlat muassasasining tegishli buyrug‘i bilan hududiy boshqarmalarga chiqindi poligonlarida chiqindilarni saralash ishlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlangan bo'lib, jadal amalga oshirilmoqda.
Ta'kidlash joizki, ayni chora-tadbirlar mamlakatimizda poligonlarda saralash tizimining joriy etilishi chiqindilarni boshqarish samaradorligini oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga xizmat qiladi.
