Qarzdorliklar xatlovdan o‘tkazilmoqda
2026-09-10 15:10:00 / Yangiliklar
Surxondaryo viloyati Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi mas'ul xodimlari boshchiligida Sariosiyo tumanidagi Sharg‘un shaharchasida xatlov ishlari olib borilmoqda.

Xatlov ishlari “Sharg‘un Komunal Foydalanish” MChJ bilan tuzilgan shartnoma muddati yakunlangani hamda hududga chiqindi xizmatlarini “Toza hudud” davlat muassasasi tomonidan ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgani munosabati bilan tashkil etilmoqda.
Hozirda ishchi guruh tomonidan Sharg‘un shaharchasidagi Feruz, Bog‘ishamol, Konchilar va Madankon mahallalarida aholi hamda yuridik xizmat iste’molchilarining chiqindi xizmatlari bo‘yicha mavjud debitor va kreditor qarzdorliklari o‘rganilib, xatlovdan o‘tkazilmoqda.



