Samarqand: sanitar tozalash xizmati sifati o‘rganilmoqda
2026-09-09 10:05:00 / Yangiliklar
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatida sanitar tozalash korxonalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida Urgut tumanidagi chiqindi yig‘ish maydonchalari holati, mahallalarning xizmat bilan qamrov darajasi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan sanitar tozalash xizmatlari sifati nazorat qilindi.
Mas’ullarga hududlar tozaligini ta’minlash, xizmat qamrovini kengaytirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.




