Tog‘li chekka hududlar ham sanitar xizmatlar bilan qamrab olindi
2026-09-09 09:55:00 / Yangiliklar
Surxondaryo viloyati “Toza hudud” davlat muassasasi tomonidan Sariosiyo tumanidagi Sharg‘un shaharchasida ham sanitar tozalash xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.

2026-yil 25-avgustdan boshlab hududda maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Xizmat sifatini oshirish maqsadida Sharg‘un shaharchasiga zamonaviy maxsus chiqindi tashish texnikalari olib kelindi hamda yangi chiqindi konteynerlari joylashtirilmoqda.



