Aholining chiqindi xizmatlari bilan bog‘liq murojaatlari o‘rganildi
2026-09-09 09:50:00 / Yangiliklar
Toshkent shahar Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan Olmazor tumanidagi "Xonchorbog‘" MFY binosida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur sayyor qabulda hudud fuqarolari, soha mas’ullari va sanitar tozalash korxonasi vakillari ishtirok etdi. Jarayonda aholining chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish ish grafigi, xizmat sifati va sohaga oid taklif va murojaatlari o‘rganildi. Shuningdek, yig‘ilganlarga sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.
Shu kuni bildirilgan mavjud muammolar, taklif va tashabbuslar atroflicha o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.



