Korrupsiyaga qarshi kurashishda — barcha mas’ul!
2026-09-09 09:45:00 / Yangiliklar
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Surxondaryo va Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda — barcha mas’ul!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda korrupsiyaning oldini olish, qonunchilik talablariga rioya qilish va xizmat faoliyatida halollik hamda shaffoflikni ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Davra suhbatida 2026-yil 22-iyundagi 1155-sonli Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-son Farmoni, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2026-yil 28-martdagi 84-sonli buyrug‘i hamda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisining 2026-yil 12-maydagi 198-sonli buyrug‘ining mazmun-mohiyati xodimlarga tushuntirildi.



