Mustaqillikning 35 yilligi: fidoyi xodimlar mehnati e’tirof etildi
2026-08-28 19:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda tizim tashkilotlarida ko‘p yillardan buyon samarali faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur mukofot bilan quyidagi xodimlar taqdirlandi:
- Adhamjonov Nozimbek Adilovich — Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Sanitariya tozalash korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi;
- Kazakov Umidbek Alimjonovich — Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Sanitariya tozalash korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi;
- Busakova Venera Ahmedovna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Sanitariya tozalash korxonalari, chiqindilar va billing tizimi bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi;
- Begimqulov Erkin Abdug‘afforovich — Surxondaryo viloyati “Toza hudud” davlat muassasasi direktori.
Shuningdek, Agentlik huzuridagi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi davlat muassasasining bir guruh fidoyi xodimlari ham ushbu e’tirofga sazovor bo‘ldi:
- Tashmatov Dilmurod To‘xtasinovich — Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi davlat muassasasi Poligonlarda saralash xizmatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i;
- Ernazarov Arslonbek Xo‘sinboyevich — Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi davlat muassasasi Xorazm viloyati hududiy boshqarma boshlig‘i;
- Artikov Abdufarrux Abdurahmanovich — Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi davlat muassasasi Andijon viloyati hududiy boshqarma boshlig‘i.
Marosim davomida mukofotlangan xodimlarning ko‘p yillik samarali mehnati va sohaga qo‘shayotgan munosib hissasi alohida e’tirof etilib, ularga kelgusi faoliyatida yangi zafarlar, ulkan muvaffaqiyatlar va kuch-g‘ayrat tilandi.
Mazkur e’tirof soha xodimlarining yurtimiz hududlari ozodaligini ta’minlash, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda ekologik barqarorlikni mustahkamlash yo‘lidagi fidokorona va samarali mehnatiga berilgan munosib bahodir.









