Andijon: ko‘chalar, mahallalar va chiqindi yig‘ish maydonchalari tartibga keltirilmoqda
2026-08-27 10:45:00 / Yangiliklar
Mustaqillik bayrami arafasida Andijon viloyatida “Dolzarb 40 kunlik” hamda “Mahallada obodlik va mehr-sahovat oyligi” doirasida tozalik va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Andijon shahri va hududlarda sanitar tozalash xodimlari hamda maxsus texnikalar jalb qilinib, ko‘cha va yo‘l yoqalari, mahalla hududlari, chiqindi yig‘ish shoxobchalari tartibga keltirildi. To‘plangan maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilib, belgilanmagan joylarga tashlangan chiqindilar ham bartaraf etildi.
Shuningdek, Xonobod shahridagi chiqindi yig‘ish shoxobchalarida chiqindilarni turiga qarab ajratib yig‘ishga mo‘ljallangan maxsus konteynerlar bilan ta’minlandi.





