So‘ragan edingiz...
2026-08-25 17:10:00 / Yangiliklar

Javob: Agar siz chiqindilar noqonuniy tashlanayotgan, muammoli joylarga kamera o'rnatishni talab qilmoqchi bo'lsangiz hududingizga qarashli shahar, tuman ekologiya qo'mitasiga murojaat qilishingiz mumkin.
Foto, video va guvohlarning ma'lumotlariga asosan, qurilmalar o'rnatib beriladi. Onlayn kuzatuv kameralari orqali aniqlangan qoidabuzarliklarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 91-modda 1-qismi asosan chora ko'riladi.
Ma'lumot uchun: Kameralarning tepa tomoni 180 gradusni pastgi tomoni esa 360 aylana gradusni tasvirga oladi. Yaqinlashtirish masofasi esa 1 kilometrni tashkil etadi.
Onlayn kuzatuv kameralari orqali 1 oyda 700 ga yaqin qoidabuzarliklar aniqlanadi. U nafaqat chiqindi tashlayotgan shaxslarni, balki ekologiyamizga zarar keltirayotgan boshqa noqonuniy holatlarni ham aniqlashga yordam beradi.
Hozirgi kunda respublika bo'ylab mingdan ortiq onlayn kuzatuv kameralari o'rnatilgan.



