Chiqindilarni boshqarish agentligida gender auditi o‘tkazildi
2026-08-17 10:55:00 / Yangiliklar

Shu munosabat bilan Oliy Majlis Senati vakillari, Respublika Kasaba uyushmalari federatsiyasi vakillari hamda Xotin-qizlar kengashi a’zolaridan iborat ishchi guruh Agentlikka tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida ishchi guruh Agentlik xodimlari bilan uchrashib, gender auditining maqsad va vazifalarini muhokama qildi.
Gender auditini o‘tkazish O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash masalalariga davlat darajasida alohida e’tibor qaratilayotganining amaliy ifodalaridan biridir.
Mazkur jarayon orqali Agentlik ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash, mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, xodimlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda zamonaviy va adolatli mehnat muhitini shakllantirish bo‘yicha mavjud amaliyotlar baholanadi.
Gender auditi yakunlari kelgusida ushbu yo‘nalishdagi ishlarniyanada takomillashtirish, aniqlangan masalalarga yechim topish va samarali tavsiyalarni amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi.


