“Dolzarb 40 kunlik”: Qashqadaryodagi poligonlarda amaliy ishlar jadal bormoqda
2026-08-13 17:35:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyatida jazirama issiq ob-havo sababli e'lon qilingan “Dolzarb 40 kun”lik nazorat tadbirlari doirasida qattiq maishiy chiqindi poligonlarida sanitar holatni yaxshilash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda yong‘in xavfining oldini olishga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Xususan, hududlardagi qattiq maishiy chiqindi poligonlarida maxsus texnikalar yordamida chiqindilar belgilangan tartibda tekislanib, zichlanmoqda va tuproq bilan qoplanmoqda.
Shuningdek, poligonlar hududini toza saqlash, sanitariya holatini yaxshilash, yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda ekologik talablarga qat’iy rioya etish yuzasidan zarur profilaktik va nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida poligonlarda ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarini parvarishlash ishlari ham davom ettirilmoqda.
Ko‘chatlar belgilangan reja asosida sug‘orilib, poligonlarda yashil hududlarni kengaytirish va ekologik muhitni yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.





