Surxondaryoda chiqindilarni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi
2026-08-12 09:10:00 / Yangiliklar

Korxonaga tashrif buyurgan viloyat hokimi amalga oshirilgan investitsiya loyihalari va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga chiqindilarni yig‘ish, saralash va qayta ishlash jarayonlari hamda mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Mazkur loyiha chiqindilarni qayta ishlash orqali atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish hamda hududda ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, sirkulyar iqtisodiyot tamoyillarini amaliyotga joriy etish orqali chiqindilarni qayta ishlash, ulardan yangi mahsulotlar ishlab chiqarish va mavjud resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlari kengayadi.
Mazkur korxonaning ishga tushirilishi Surxondaryoda chiqindilarni qayta ishlash tizimini rivojlantirish va ekologik muhitni yaxshilash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.



