Namanganda yangi chiqindi yig‘ish shoxobchasi ishga tushirildi
2026-08-10 11:05:00 / Yangiliklar

Yangi shoxobcha hududdagi 21 ta ko‘p qavatli uyda yashovchi 1 200 ta xonadonga xizmat ko‘rsatadi. Bu chiqindilarni ovaqtida olib chiqish va hududlarning sanitar holatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Shuningdek, chiqindilarni tashish xizmatini yaxshilash maqsadida 14 ta yangi, har biri 12 kub metr sig‘imga ega maxsus texnika olib kelindi. Ushbu texnikalar Namangan shahri, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlari hamda To‘raqo‘rg‘on tumanida foydalanishga yo‘naltiriladi.
Yil oxiriga qadar yana 10 ta elektr energiyasida harakatlanuvchi zamonaviy chiqindi tashish texnikasini olib kelish rejalashtirilgan.
Bu kabi ishlar hududlarni toza va obod saqlash, chiqindilarni boshqarish tizimini yaxshilash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan.





