Sirdaryo viloyatida sanitariya tozalash xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi
2026-08-07 16:25:00 / E'lon va tenderlar

Loyiha nomi
“Sirdaryo viloyatida aholiga sanitariya tozalash xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida ko‘rsatish” loyihasi.
Davlat sherigi
Sanitariya tozalash va chiqindilarni boshqarish yo‘nalishida — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi.
Loyihaning maqsadi
Loyihaning asosiy maqsadi Sirdaryo viloyatida qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va tashish xizmatlarining sifati, uzluksizligi hamda qamrovini oshirish, xizmatlarni zamonaviy maxsus texnika, raqamli boshqaruv va natijaga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish modeli asosida tashkil etishdan iborat.
Loyiha orqali davlat va xususiy sektor imkoniyatlarini birlashtirish, xususiy investitsiyalarni jalb etish, maxsus texnika va chiqindi yig‘ish infratuzilmasini yangilash hamda xizmatlar sifatini samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash nazarda tutilmoqda.
Loyiha doirasida amalga oshiriladigan asosiy ishlar
Xususiy sherik tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan:
- Sirdaryo viloyati hududida qattiq maishiy chiqindilarni tasdiqlangan yo‘nalishlar
va jadvallar asosida muntazam yig‘ish va tashish; - sanitariya tozalash xizmatlari qamrovini amaldagi 66,9 foizdan bosqichma-bosqich oshirib, 2030-yilga qadar 95 foizga yetkazish;
- chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari yoki chiqindi poligonlariga yetkazib berish;
- uch yil ichida chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi yoki chiqindilarni yoqish zavodiga yetkazib berish tizimini yo‘lga qo‘yish;
- maxsus chiqindi tashish texnikalari, mobil chiqindi qabul qilish stansiyalari, multiliftlar, quvvatlash stansiyalari va chiqindi konteynerlarini xarid qilish;
- mavjud chiqindi yig‘ish maydonchalarini kapital ta’mirlash va yangi yengil konstruksiyali chiqindi yig‘ish maydonchalarini tashkil etish;
- chiqindilarni tashish yo‘nalishlarini raqamli yechimlar asosida rejalashtirish, logistika masofalari va xarajatlarini optimallashtirish;
- maxsus texnika va uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish, ularni doimiy ish holatida saqlash hamda zaruratga ko‘ra yangilab borish;
- ekologik va mehnat xavfsizligi talablariga rioya etish;
- xizmatlarni belgilangan standartlar, sifat talablari va samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida ko‘rsatish;
- davlat sherigi tomonidan joriy etiladigan monitoring, hisobot va nazorat tizimlarida ishtirok etish.
Loyiha doirasida xususiy sherik mablag‘lari hisobidan jami 171 ta 12 m³ hajmdagi chiqindi tashish texnikasi, shundan 38 tasi yuridik shaxslarga va 133 tasi aholiga xizmat ko‘rsatish uchun, shuningdek, 46 ta 7 m³ hajmdagi chiqindi tashish texnikasi, 10 ta quvvatlash stansiyasi, 8 ta 20 m³ hajmdagi mobil chiqindi qabul qilish stansiyasi, 4 ta multilift hamda 509 ta 1,1 m³ hajmdagi chiqindi konteynerini xarid qilish rejalashtirilgan.
Shuningdek, mavjud chiqindi yig‘ish maydonchasini kapital ta’mirlash va ta yangi yengil konstruksiyali chiqindi yig‘ish maydonchasini tashkil etish nazarda tutilmoqda.
“Sirdaryo viloyati Toza hudud” DUK tomonidan foydalanilayotgan 36 ta maxsus texnikani belgilangan shartlarda xususiy sherik hisobiga o‘tkazish rejalashtirilgan. Mazkur texnikalarning bozor qiymatidan kelib chiqadigan to‘lovlar xususiy sherik tomonidan uch yil davomida bo‘lib-bo‘lib amalga oshiriladi.
Loyihaning asosiy ko‘rsatkichlari
- Loyiha hududi: Sirdaryo viloyati;
- loyihaning dastlabki qiymati: 57 060 447 ming so‘m;
- DXSh bitimining rejalashtirilgan muddati: 10,5 yil;
- loyihani ishga tushirishning rejalashtirilgan muddati: DXSh bitimi imzolanganidan keyin 6 oy;
- qamrab olinadigan aholi: taxminan 950 ming nafar;
- sanitariya xizmatlari bilan qamrab olinishi kutilayotgan uy xo‘jaliklari: taxminan 136–238 mingta;
- loyiha davomida rejalashtirilgan reinvestitsiya: 288,0 mlrd so‘m.
Moliyalashtirish va xizmatlar uchun to‘lov
Sanitariya tozalash xizmatlari uchun xususiy sherikka chiqindilar hajmi va ularni tashish masofasidan kelib chiqib, tonna/kilometr asosida oylik o‘zgaruvchan to‘lov amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
To‘lovlar DXSh bitimida belgilangan xizmat standartlari va samaradorlik ko‘rsatkichlarining bajarilish natijalarini, xizmatlarning sifati, uzluksizligi va amalda bajarilgan ish hajmini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Loyihadan kutilayotgan natijalar
Loyihani amalga oshirish natijasida:
- sanitariya tozalash xizmatlari qamrovi va sifati oshiriladi;
- chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish va tashish ta’minlanadi;
- hududlarda chiqindilarning noqonuniy va nazoratsiz tashlanishi kamaytiriladi;
- maxsus texnika va kommunal infratuzilma yangilanadi;
- mavjud chiqindi yig‘ish maydonchalari ta’mirlanadi va yangi maydonchalar tashkil etiladi;
- xizmat ko‘rsatish jarayonlariga raqamli monitoring va zamonaviy logistika yechimlari joriy etiladi;
- transport yo‘nalishlari optimallashtirilib, texnikadan foydalanish samaradorligi oshiriladi;
- davlat va xususiy sherikning vazifalari, javobgarligi va risklari aniq belgilanadi;
- xizmatlar sifati o‘lchanadigan samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida nazorat qilinadi;
- hududning sanitariya-ekologik holati va aholining yashash muhiti yaxshilanadi;
- xususiy investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or boshqaruv tajribasi jalb etiladi.
Jamoatchilik muhokamasida ishtirok etish tartibi
Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, ekologiya sohasi mutaxassislari hamda boshqa manfaatdor tomonlar loyiha konsepsiyasi yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirishlari mumkin.
Takliflarda murojaat qiluvchining F.I.Sh. yoki tashkilot nomi, aloqa ma’lumotlari, taklifning mazmuni va qisqacha asoslantirilishi ko‘rsatilishi tavsiya etiladi.
Takliflarni qabul qilish muddati:
2026-yil “__” ________dan 2026-yil “” __________ga qadar.
Takliflarni yuborish usullari:
- elektron pochta: _______________________;
- telefon: _______________________;
- elektron murojaat shakli: _______________________.
Jamoatchilik muhokamasi davomida kelib tushgan asoslantirilgan taklif va mulohazalar davlat sherigi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda loyiha hujjatlarini takomillashtirishda inobatga olinadi.
