Xorazm chiqindi poligonlarida “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari qizgʻin bormoqda
2026-08-06 10:45:00 / Yangiliklar
Chiqindilarni boshqarish agentligi huzuridagi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida viloyatidagi qattiq maishiy chiqindi poligonlarida sanitar holatini yaxshilash, ekologik barqarorlikni mustahkamlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Jumladan, viloyatning turli hududlarida joylashgan qattiq maishiy chiqindi poligonlarida maxsus texnikalar yordamida belgilangan tartib asosida saralash, joylashtirish ishlari bajarilmoqda. Chiqindilarning ustki qismi ekologik va sanitar talablarga muvofiq tuproq qatlami bilan qoplanib, poligon maydonlari tartibga keltirilmoqda.
Shuningdek, poligonlar hududlarida sanitar-gigiyena qoidalari, ekologik me’yorlar va yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida muntazam monitoring va nazorat ishlari ham olib borilmoqda. Hududlarda tartib-intizomni saqlash, chiqindilarni belgilangan me’yorlar asosida joylashtirish hamda yong‘in xavfini kamaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur tadbirlar natijasida poligonlarning sanitar holati yaxshilanib, chiqindilarni ekologik jihatdan xavfsiz boshqarish tizimi yanada takomillashtirilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta'minlash hamda aholi salomatligi va xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Chiqindilarni boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi tomonidan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida belgilangan vazifalar asosida chiqindi poligonlarini tartibga keltirish, sanitar holatini yaxshilash va ekologik xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
