“Dolzarb 40 kun” Toshkent viloyatidagi poligonlarda amaliy ishlar jadal bormoqda
2026-08-06 09:50:00 / Yangiliklar

Xususan, Bekobod tumani “Farxod” MFY, Parkent tumani “Samsarak” MFY, Ohangaron tumani “Ubayd” MFY hamda Angren shahri “Oppartak” MFY hududlarida joylashgan qattiq maishiy chiqindilar poligonlarida maxsus texnikalar yordamida chiqindilar belgilangan tartibda tekislanib, zichlanmoqda va tuproq bilan qoplanmoqda.
Shuningdek, poligonlar hududini toza saqlash, sanitariya holatini yaxshilash, yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda ekologik talablarga qat’iy rioya etish yuzasidan zarur profilaktik va nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Parkent tumani “Qirg‘izovul” MFY hududidagi qattiq maishiy chiqindi poligonida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarini parvarishlash ishlari ham davom ettirilmoqda.
Ko‘chatlar belgilangan reja asosida sug‘orilib, poligonlarda yashil hududlarni kengaytirish va ekologik muhitni yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.




