“Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” eko-hasharlari o‘tkazildi
2026-07-11 15:30:00 / Yangiliklar

Jarayonda jami 473 ta mahallada 418 marotaba ekologik tashviqot tadbirlari olib borilib, 2771 nafar aholiga ekologik madaniyat bo‘yicha tushuntirish berildi. Hududlar 1920,7 tonna chiqindidan tozalanib, tegishli tartibda bartaraf etildi.
Mazkur jarayonlarda soha xodimlari, aholi, yoshlar, tashkilot va korxonalar vakillari kabi keng jamoatchilik faol qatnashib, hududlarni obodonlashtirish, sanitariya holatni yaxshilash va ekologik madaniyatni oshirishga o‘z hissalarini qo‘shishdi.
Ma'lumot o‘rnida: “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2025-yil 15-maydagi PQ-184-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida aholi orasida chiqindilarni saralash, jamoat joylarini chiqindidan xoli hududga aylantirishni keng targ‘ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.



