Chiqindi poligonlarida rekultivatsiya ishlari tizimli davom etmoqda
2026-07-06 18:00:00 / Yangiliklar

Mazkur ishlar hududiy boshqarmalar tasarrufidagi mavjud maxsus texnikalar yordamida tashkil etilmoqda. Xususan, poligonlarga olib kelinayotgan chiqindilar maxsus texnikalar orqali tegishli maydonlarga surilib, zichlanmoqda hamda sanitariya va ekologik talablarga muvofiq holatda saqlanishi ta’minlanmoqda.
Shu bilan birga, poligonlarda ish jarayonlarining uzluksiz davom etishini ta’minlash maqsadida maxsus texnikalarning texnik holati ham doimiy nazoratga olingan. Texnikalar har kuni ishga chiqarilishidan avval ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning soz va xavfsiz holatda faoliyat yuritishi bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Amalga oshirilayotgan mazkur ishlarning asosiy maqsadi qabul qilinayotgan chiqindilarning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish, sanitariya talablariga qat’iy rioya etish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashdan iborat.






