Bugun, 3-iyul — Xalqaro plastik paketlardan voz kechish kuni!
2026-07-03 10:00:00 / Yangiliklar
Yurtdoshlarimizni plastik paketlardan voz kechish, ularni qayta foydalanish mumkin bo‘lgan ekologik paketlarga almashtirish orqali tabiatni asrab-avaylashga chaqiramiz!

Ushbu eko-sana atrof-muhitni asrash va plastik chiqindilardan ifloslanishining oldini olishga qaratilgan. Bu kun barchani qayta ishlatiladigan vositalardan foydalanishga undaydi.
Plastik paketlar haqida faktlar:
- BMT ma'lumotlariga ko'ra, har yili butun dunyoda 5 trillion plastik paket ishlatiladi. Shu bilan birga, har yili 8 million tonna plastik chiqindi okeanga tashlanadi;
- Tabiiy muhitda polietilenning parchalanishi uchun ikki yuz yildan ortiq vaqt ketadi, plastik esa deyarli 450 yilda parchalanadi;
- Plastik paketlar qirg'oqlarni ifloslantiradigan va tozalash paytida to'planadigan eng keng tarqalgan o'nta turdagi chiqindilar qatoriga kiradi;
- Agar dunyodagi barcha plastik paketlar bir joyga yig‘ilsa, yer sharini 4200 marta aylanib chiqish uchun yetarli bo‘ladi.

