Bir qator chiqindi poligonlarida sanitariya va ekologik tadbirlar o‘tkazildi
2026-06-23 16:15:00 / Yangiliklar

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi huzuridagi “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasining Farg‘ona, Andijon va Navoiy viloyatlari hududiy boshqarmasi tomonidan bir qator maishiy chiqindi poligonlarining sanitar holati yaxshilanmoqda. Jumladan, hududlardagi chiqindi poligonlarida qattiq maishiy chiqindilarni surish, zichlash va rekultivatsiya qilish hamda yon-atrofni obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur tadbirlar poligonlarda chiqindilarni tartibli joylashtirish, ularning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda hududlarning sanitariya holatini yaxshilash barobarida ekologik xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, poligonlarda qulay infratuzilma sharoitini yaratish hamda maxsus texnikalarning sozligiga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Bir so‘z aytganda, mutasaddilar tomonidan poligonlarning samarali faoliyat yuritishi, chiqindilarning me’yoriy talablarga muvofiq joylashtirilishi va hududlarning obodligi ta’minlanmoqda.



