Agentlik xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli yakunladi
2026-06-19 10:45:00 / Yangiliklar

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi markaziy apparatining 55 nafar hamda hududiy boshqarmalarning 145 nafar xodimi “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” maxsus malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli yakunladi.
Mazkur o‘quv kurslari davomida xodimlar kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-228-son “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, davlat xizmatchilarining Virtual akademiya maxsus o‘quv kurslarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malaka oshirishi majburiy hisoblanadi.



