Navoiyda sanitar xizmatlar samaradorligi oshirilmoqda
2026-06-08 14:30:00 / Yangiliklar

O‘rganish davomida obyekt hududida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, infratuzilma holati, texnik talablar asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda loyiha ijrosi yuzasidan mas’ul tashkilotlar faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Qayta yuklash stansiyasining kelgusida hududdagi qattiq maishiy chiqindilarni samarali boshqarish, ularni saralash va qayta ishlash tizimini rivojlantirishdagi ahamiyati alohida qayd etildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan viloyatda mavjud maxsus texnikalarning texnik holatini o‘rganish, ularning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash hamda sohaga zamonaviy raqamli nazorat tizimlarini keng joriy etish maqsadida monitoring ishlari olib boridi.
Monitoring jarayonida maxsus texnikalarning texnik sozligi, GPS qurilmalari bilan jihozlanganligi, videokuzatuv vositalari o‘rnatilganligi, onlayn kuzatuv tizimiga ulanganligi hamda ulardan samarali foydalanish holati o‘rganildi. Shu bilan birga, texnikalarning belgilangan yo‘nalishlar asosida harakatlanishi, xizmat ko‘rsatish sifati va texnik xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan ham tahliliy ishlar olib borildi.
Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar ham belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda, o‘rganilmoqda. Murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalar atroflicha tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda. Xususan, chiqindilarni olib chiqish, hududlarni sanitariya jihatdan saqlash, maxsus texnikalar faoliyati hamda sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar joyida ko‘rib chiqilib, ularning ijobiy hal etilishi ta’minlanmoqda. Har bir murojaatning ijrosi doimiy nazoratga olinib, murojaatchilar bilan muntazam muloqot olib borilmoqda.






