Yurtimiz ekologlari Turkiyada “Xalqaro nol chiqindi” forumda qatnashmoqda
2026-06-05 13:55:00 / Yangiliklar

“Noli chiqindi” jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan “Global nol chiqindi forumi-2026”ning asosiy mavzusi “Antaliyaga boradigan yo‘l: Nol chiqindi iqlim harakati sifatida” bo‘lib, unda chiqindisiz jamiyatga o‘tish bo‘yicha amaliy qadamlar va strategiyalar, jumladan, aylanma iqtisodiyotni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Forumning hamkori Turkiya Respublikasi Atrof-muhit, urbanizatsiya va iqlim oʻzgarishi vazirligi hisoblanadi. Forumda butun dunyodan BMT vakillari, mahalliy va milliy yetakchilar, tadbirkorlar, faollar, olimlar, fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun: “Zero Waste Foundation” 2023-yilda Turkiyaning birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘an homiyligida tashkil etilgan. Jamg‘arma “Nol chiqindi” tashabbusini ilgari surish va odamlarni ham, institutlarni ham chiqindisiz falsafani qabul qilishga undash orqali ekologik ongli jamiyatni rivojlantirishga qaratilgan.
Forum dasturi yuqori darajadagi siyosat sessiyalari, ko‘p manfaatdor tomonlar ishtirokidagi panel muhokamalari va ilg‘or tajribalarni namoyishi yuzasidan sessiyalarni o‘z ichiga oladi. Forum chiqindisiz yechimlar, iqlim va jamiyat, barqaror shaharlar, uglerod va suv izlarini hisoblashga qaratilgan sessiya va tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Tadbir barqaror rivojlanish va chiqindilarni boshqarish sohasida bilim va tajriba almashish uchun muhim xalqaro platforma hisoblanadi.




