Serbiya ekologiya vaziri Chiqindilarni termik qayta ishlash tizimi bilan tanishdi
2026-06-02 14:10:00 / Yangiliklar
Global ekologik fond (GEF)ning VIII Assambleyasi doirasida Samarqandda mehmon bo‘lib turgan Serbiya Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Sara Pavkovni Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori Sharifbek Hasanov chiqindilarni termik qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi qurilishi bilan joyida tanishtirdi. Jarayonda loyiha tashabbuskori Xitoy Xalq Respublikasining “Shanghai SUS Environment” yetakchi ekologik kompaniyasi vakillari, agentlik mas’ullari va delegatlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Ma’lumot o‘rnida: Mazkur loyiha Samarqand shahri “Xushrav” qo‘rg‘oni “Navro‘z” MFYda joylashgan 15 gektar hududda chiqindi yoqish zavodi barpo etilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 150 mln AQSh dollari bo‘lib, kuniga 1,5 ming tonna, yiliga 547,5 ming tonna chiqindilarni yoqish orqali yiliga jami 240 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Loyiha 150-200 ta yangi ish o‘rni yaratilishi bilan ham ahamiyatlidir.
Nufuzli mehmon suhbatda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan atrof-muhit muhofazasi, xususan chiqindilarni iqtisodiyotning muhim bo‘lagiga aylantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotganini ta’kidladi. Sara Pavkov loyihalarning juda tez va jadallik bilan amalga oshirilayotganini aholida ta’riflab, ekologik barqarorlikni ta’minlashda chiqindilarni qayta ishlash sohasiga zamonaviy yechimlar va texnologiyalarni joriy etish “yashil iqtisodiyot” tamoyilliga mosligi bilan muhimligiga urg‘u berdi.
