Surxondaryoda poligonlarning sanitar holati tartibga keltiriladi
2026-05-20 11:10:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyati Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi rahbari boshchiligidagi bir qator soha mas’ullari ishtirokida poligonlarni tartibga keltirish va yozgi mavsumga tayyorgarlik masalalari muhokamasi yuzasidan yig'ilish o’tkazildi.
Unda poligonlarning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish orqali soha samaradorligini oshirishga doir turli masalalar yechimiga e’tibor qaratildi. Bular:
- poligonlarning sanitar holatini hamda ichki yo’llarni yaxshilash,
- doimiy tarzda surish, zichlash va ko‘mish ishlarini olib borish,
- texnikalarni kunlik texnik ko’rikdan o'tkazib, texnika xavfsizlik qoidalariga rioya etish, poligonida infratuzilmani yaxshilashdan iborat.
Yakunda soha vakillari zimmasiga zaruriy chora-tadbirlar olib borish bo'yicha topshiriqlar yuklanib, ijrosi alohida nazoratga olindi.




