Chiqindi poligonlari rekultivatsiya qilinib, obodonlashtirilmoqda
2026-05-12 12:35:00 / Yangiliklar

Agentlik huzuridagi "Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi" DM tomonidan Samarqand, Xorazm, Farg‘ona hamda Navoiy viloyatlaridagi chiqindi poligonlarida ekologik xavfsizlikni ta’minlash, sanitariya holatni yaxshilash va poligonlarni tartibga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
Xususan, poligon hududlarida chiqindilarni surish, zichlash va tuproq bilan ko‘mish orqali rekultivatsiya ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, yong‘inlarning oldini olish, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish hamda maxsus texnikalar harakati uchun qulay sharoit yaratish maqsadida ichki yo‘llar tartibga keltirilmoqda.
Bundan tashqari, ayrim hududlarda dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya ishlari amalga oshirilib, poligonlar sanitariya holatini yaxshilash va ekologik barqarorlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.






