Navoiy: Sanitar tozalash xizmatida munosib ish sharoitlari yaratilmoqda
2026-05-11 12:25:00 / Yangiliklar

Jarayonda viloyat Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi mas’ullari, soha vakillari hamda bir qator mutasaddilar ishtirok etdi.
Ma’lumot o‘rnida: Ushbu motorollerlar shaharlardagi mahallalarning tor koʻchalarida ham bemalol harakatlanib, chiqindilarni tashib chiqishi bilan afzal sanaladi. Qolaversa, 2 kishilik salonda yoz va qish fasllariga moslashtirilgan sovutish hamda isitish tizimlari yaratilgan. Benzinli motoroller 6 litr benzin sarfi bilan 1 tonnagacha (3,5 kub.l) chiqindini 100 km masofaga bemalol tashiy oladi. Elektrli motorollerlarda esa 150 amperli 72 voltli quvvatlagich joylashtirilgan boʻlib, 1 tonna yukni 60-80 km masofaga tashib borish xususiyatiga egaligi bilan ahamiyatlidir.
Bu kabi chora-tadbirlar Davlatimiz rahbarining 2025-yil 11-noyabrdagi 53-son bayoni ijrosi yuzasidan viloyatlar va Toshkent shahridagi bittadan tuman-shaharda aholi xonadonlaridan qattiq maishiy chiqindilarni motorollerlar orqali olib chiqib ketish bo‘yicha bir yil muddatga tajriba-sinov tizimi joriy etilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan bo‘lib, maqsad hududlarda sanitar tozalash korxonalarining infratuzilma sharoitlarini yaxshilash orqali xizmat sifatini oshirish barobarida aholi roligiga erishishdan iboratdir.



