Ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi
2026-05-09 12:20:00 / Yangiliklar

Ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan respublikaning barcha hududlarida Vatan ozodligi yo’lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirlanmoqda.
Xususan, Ekologiya va iqlim o’zgarishi milliy qo’mitasi hamda tizim tashkilotlari xodimlari tomonidan Toshkentdagi “G’alaba bog’i”da ajdodlarimiz poyiga gulchambar qo’yildi. Ularning jasorati, fidoiyligi e’tirof etilib, xotirasiga hurmat bajo keltirildi.



