Respublika ishchi guruhi Xorazmda chiqindi xizmatlariga oid sayyor qabul o‘tkazdi
2026-05-13 17:00:00 / Yangiliklar

13-may kuni Agentlikning qator soha mas’ullaridan iborat respublika ishchi guruhi tomonidan Xorazm viloyatining Urgansh shahri, “Istiqlol” MFY, A.Baxodirxon ko‘chasida joylashgan Al-Xorazmiy unversiteti binosida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan fuqarolar mutasaddilarga chiqindilarni boshqarish sohasiga doir murojaatlari, taklif va shikoyatlarini bildirdilar. Ular tomonidan asosan sanitar tozalash xizmati sifati, debitor qarzdorliklar monitoringi, chiqindi yig‘ish punkti tashkil etish, qurilish chiqindilarining olib ketilish tartibi, qayta hisob-kitob va qamrov holati bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.
Mazkur uchrashuvda fuqaroning murojaatlari qabul qilinib, ularning har biri alohida tartibda o‘rganildi. Xususan, 30 dan ortiq masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, batafsil o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa tegishli boshqarmalar va tizim tashkilotlariga yo‘naltirilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Ayrim fuqarolar tomonidan soha xodimlariga tashakkurnoma bildirildi.
Maʼlumot o‘rnida: bu kabi chora-tadbirlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 445-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 341-son Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori ijrosi yuzasidan olib borilmoqda.






