Ekologik madaniyatni oshirishda mahallalar bilan hamkorlik kuchaytiriladi
2026-05-08 16:10:00 / Yangiliklar
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (“Green University”)da “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”ga bag‘ishlab “Ekologik madaniyat mahalladan boshlanadi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Unda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rahbariyati, tizim tashkilotlari, mahalla faollari hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda nutq so‘zlagan Ekologiya vaziri o‘rinbosari Iskandar Qutbiddinov aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirishda mahallaning roli katta ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga qarshi javobgarlikni kuchaytirish, jamoatchilik nazoratini oshirish, “Yashil mahalla” konsepsiyasi, ekologik nazoratni samarali amalga oshirishda mahallaning roli va boshqa muhim masalalarga to‘xtaldi.
Bundan tashqari, seminar-trening davomida “Eko-madaniyat” umumilliy loyihasini amalga oshirish, xususan, aholining ekologik ongini shakllantirish, chiqindilarni boshqarish, yashil hududlarni kengaytirish, ekologik ta’lim tizimini rivojlantirish, ekofaol fuqarolarni rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, “Eko-madaniyat” umumilliy loyihasiga ko‘ra “Green University” huzurida respublikaning barcha hududlarida bittadan, jami 14 ta yashil texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Texnikumlarda 2026/2027-o‘quv yilida 5 000 nafar, 2027/2028-o‘quv yilida 7 000 nafar hamda 2028/2029-o‘quv yilida 10 000 nafar o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab “Green University”ga kamida 50 nafar xorijlik talaba jalb etiladi va keyingi o‘quv yilida bu ko‘rsatkich ikki barobarga oshiriladi. 2026–2028-yillarda ekologiya va iqlim sohasida ilmiy daraja olgan mutaxassislar soni 150 nafarga yetkaziladi.
Seminarda ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish, hududlarda yashil hududlarni kengaytirish, chiqindilarni boshqarish hamda “Eko-faol fuqaro” maqomini joriy etish bo‘yicha ma’ruzalar qilindi.
Yakunda yoshlar orasida milliy qadriyatlarimizga zid ekologik madaniyat rivojlanishining oldini olish, aholining atrof-muhitga munosabatini yaxshilash, ekologiyani asrashda fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, mahallalarda yashil tashabbuslarni rivojlantirish hamda davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash borasidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.