Xavfli chiqindilarni boshqarishda investitsiya loyihalari jalb etiladi
2026-04-30 18:00:00 / Yangiliklar

MDH hududidagi ilk integratsiyalashgan xavfli chiqindilar platformasi xavfli chiqindilarni qayta ishlash uchun barqaror va samarali ekotizim sanaladi. 2026-2030 yillarda 260 mln AQШ dollari qiymatidagi loyihani amalga oshirish doirasida xavfli chiqindilani qayta ishlash va utilizatsiya qilish yo’lga qo’yiladi.
Bunda Navoiy, Urganch, Buxoro, Karshi, Samarkand, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida 6 ta qayta yuklash stansiyasi tashkil etiladi.
Jarayonda laboratoriya tashkil etish va xavfli chiqindilarni tavsiflash, III toifadagi xavfli chiqindilarni barqarorlashtirish va poligon tashkil etish va xavfli chiqindilarni termik qayta ishlash, ulardan yoqilgʻi (RDF) ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.
Loyihaga koʻra:
- 2027-yilda — maxsus poligon va maʼlumotlar bazasi tashkil etiladi.
- 2028-yilda — muhandislik-tadqiqot ishlari amalga oshiriladi.
- 2030-yilda — chiqindilarni termik qayta ishlash va RDF yoqilgʻi ishlab chiqarish hamda chiqindilarga fizik-kimyoviy ishlov berish zavodlari qurilib, ishga tushiriladi.
Xavfli chiqindilarning ayrim turlarini samarali boshqarishda BAA, Saudiya Arabistoni, Fransiya va Xitoy kabi yirik davlatlarning eksklyuzivlik modeliga koʻra xalqaro tajriba oʻrganilmoqda.
Loyiha doirasida kutilayotgan natijalar:
- 80 foiz mahalliy kadrlar jalb etiladi.
- Xavfli chiqindilarni tizimli boshqarish orqali ekologik barqarorlik taʼminlanadi.
- Nazorat mexanizmlari, yangi standartlar va texnologiyalar (nou-xau) joriy etiladi.
- Bilim almashinuvi va ilmiy-tadqiqotlar olib boriladi.
- Uzoq muddatli hamkorlik oʻrnatiladi.

